Dastarbosh (Tanacetum) turlari dorivor oʻsimlik boʻlib, Xorazm viloyatida birmuncha yangi ekin hisoblanganligi sababli, Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida еtishtirish texnologiyasi, fiziologik xususiyatlari va biokimyoviy tarkibi, shuningdek, qoʻllash imkoniyatlari umuman oʻrganilmagan. Shu boisdan ham ushbu maqolada Xorazm viloyatining oʻtloqli – allyuvial tuproqlarida dastarbosh (oddiy dastarbosh – Tanacetum vulgare L., kumushsimon dastarbosh - Tanacetum argenteum L. va yirik bargli dastarbosh – Tanacetum macrophyllum L.) turlarining introduksion baholanishi haqida maʼlumotlar berilgan. 2022-2024-yillarda oʻtkazilgan ilmiy tajribalar natijasida xulosa qilish mumkinki, dastarbosh turlari Xorazm viloyatining oʻrtacha shoʻrlangan tuproq va iqlim sharoitida yaxshi oʻsib rivojlanishi isbotlandi. Oʻtkazilgan koʻp yillik tajribalar hamda vegetatsiyasining oʻsish va rivojlanish fazalarida qayd qilingan biometrik koʻrsatkichlar natijalariga koʻra, respublikamizdagi dorivor oʻsimliklarga ixtisoslashgan klasterlarga farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo tayyorlash va dorivor oʻsimliklarni xorijga eksport qilish maqsadida Xorazm viloyatining oʻrtacha shoʻrlangan va sugʻoriladigan oʻtloqi – allyuvial tuproqlari sharoitida oddiy dastarbosh (Tanachetum vulgare L.) va kumushsimon dastarbosh (Tanachetum argenteum L.) turlarini ekin maydonlarini kengaytirish va katta plantatsiyalarga ekish maqsadga muvofiqdir.