Tadqiqot ishlarida g‘o‘zaning madaniy diploid vakillari va mahalliy nav namunalarining o‘zaro duragaylanishi natijasida olingan triploid shakllarning urug‘iga kolxitsin moddasining 0,2 % li eritmasi ta’sir ettirilishi asosida geksaploid shakllar olishga erishilgan. Ushbu allopoliploid shakllarda eksperimental poliploidiya usulining muvaffaqiyatli amalga oshganligi sitogenetik tahlillar asosida yoritilgan. Olingan natijalar g’o’za vakillarining chatishuvchanlik darajasining past yoki yuqori bo‘lishi sabablarini tushunishga imkon beradi.