Abdurahmon Jomiy XV asrda Movarounnahr va Xurosonda Naqshbandiya tariqati va “Vahdat ul-vujud” ta’limotini buyuk namoyandasi boʻlib, tasavvuf falsafasini rivojlanishida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelgan. Ayniqsa, ushbu jarayonda mutafakkirning XV asrda tasavvufga, Naqshbandiya sulukiga Ibn al-Arabiy asoslagan “Vahdat ul-vujud” ta’limotini olib kirishi va rivojlantirilishi diqqatga sazovordir.