Ushbu maqolada kommunikativ ko‘nikmalar tushunchasi, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va rivojlantirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Kommunikativ ko‘nikmalarning tarkibiy qismlari, turli fan sohalaridagi (psixologiya, pedagogika, lingvistika) ta’riflari va nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Verbal va noto‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot ko‘nikmalari, eshitish va tushunish qobiliyatlari hamda empatiya kabi jihatlar orqali ularning insonning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishidagi roli ochib berilgan. Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv texnologiyalardan foydalanish va jamoaviy faoliyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlangan.