Nemis tilidagi olmoshlarni davriy tadqiq qilish, ularning qadimgi yozma yodgorliklardagi shakllarini hozirgi zamon shakllari bilan qiyoslab borish mavzumizning asosiy maqsadlaridan biridir. Maqolada refleksiv olmoshning fonetik, semantik, leksik ma’nolari, son va kelishik kategoriyalari hamda qadimgi turkiy til yodgorliklaridagi shakl va xususiyatlari, gapdagi vazifasi o‘rganilib, taqqoslangan va misollar orqali tahlil qilingan. Har bir tilning tarixiy taraqqiyotidagi o‘zgarishlar birinchi navbatda uning leksikasi va lug‘atiga ta’sir qiladi. Biz olmoshlarga e'tibor qaratamiz, chunki ingliz tilidagi mavjud so'zlarning faqat kichik qismini tashkil etishiga qaramay, ular eng ko'p ishlatiladigan so'zlar qatoriga kiradi.