O‘zbek xalqining eng boy musiqiy merosi namunalaridan bo‘lgan an’anaviy xonandalik san’atidagi asarlarni o‘rganish, ularning o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy mazmunini tahlil qilishdan shunga erishish mumkinki, ularda Vatan, tabiat, halollik, mehnatsevarlik, ona tabiatga, insonlarga mehr-muhabbat, tinchlik, adolat, Vatan ravnaqi uchun o‘zini safarbar etish g‘oyalari tarannum etiladi. Bu esa oliy pedagogik ta’lim musiqa ta’limi yo‘nalishidagi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilari va ularga bilim berib kelayotgan professor-o‘qituvchilardan muhim bo‘lgan mas’uliyatni talab etadi. Shu ma’noda ushbu maqola an’anaviy xonandalik yoʻnalishi orqali yoshlar tarbiyasiga ta’sir qilish boy madaniy merosni saqlab qolish va yoshlarga yetkazishning samarali usuli ekanligini yoritib berishga xizmat qiladi.