Ushbu maqola bilvosita nomlashning umumnazariy jihatlarini lingvistikaning semantika, pragmatika, va kognitiv tilshunoslik sohalaridagi yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ingliz tilida bilvosita nomlash metafora, metonimiya, idiomalar orqali ifodalanib, mazmunni noaniqlik, madaniy kontekst va pragmatik xususiyatlar orqali boyitadi. Tadqiqotda Grice tamoyillari, Sperber va Wilsonning relevans nazariyasi, Lakoff va Johnson metafora nazariyalari asosida bilvosita nomlashning ijtimoiy-madaniy va kognitiv jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari, maqolada bilvosita nomlashning chet tillarni oʻrganuvchilar uchun qiyinchilik tugʻdiruvchi jihatlari tahlil qilinadi va til oʻrganish jarayonida kontekstning ahamiyati ta’kidlanadi.