Ushbu maqolada Markaziy Sug‘dda joylashgan Borkat shahrining mintaqada tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Sug‘d shaharlarining tarixshunosligi va bu boradagi muammоlar ochib berilgan. Maqolada Borkat shahrining yozma va arxeologik manbalar asosida joylashishi masalasiga ham o‘rin ajratilgan. Arab, fors, xitoy tilli yozma manbalarda va turk olimlari asarlari Sug‘dning ko‘plab manzillari xususida ma’lumotlar uchraydi. Ularda keltirilgan ma’lumotlar orqali Sug‘d shaharlarining lokalizatsiya muammolarini hal qilish mumkin. Samarqand Sug‘di O‘rta Osiyoning markaziy qismida, mahalliy va xalqaro savdo-yo‘llari tutashgan ulkan tugunda joylashgan. Maqolada Markaziy yoki Samarqand Sug‘d shaharlarining mintaqadagi iqtisodiy o‘rni, roli va ahamiyati yoritilgan.