Hozirgi kunda zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri muayyan tushunchalarni o‘rganishdir. Xalq madaniyati, o‘z navbatida, lisoniy ifodaga ega. Bu masalani o‘rganishga bo‘lgan qiziqish zamonaviy olimlarning so‘nggi paytlarda insonning tili, tafakkuri va ma’naviy madaniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasiga qayta-qayta murojaat qilishlari bilan bog‘liq. “Boylik” konsepti dunyo xalqlarini tushunish uchun asosiy tushunchalardan biridir. Chunki bizning davrimizda bu baxtning ma'lum bir o‘lchovidir. Shu munosabat bilan ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollaridagi “boylik” tushunchasi tahlil qilinadi. Chunki maqollar yordamida turli xalqlarning dunyoni idrok etishidagi umumiy va farqli xususiyatlarni aniqlash, maqollarda olam va undagi tushunchalarning tasvirini ko‘rsatish, shuningdek, xalqning namoyon bo`lgan mentalitetini boshqa millat mentalitetiga solishtirish mumkin.