Mazkur maqolada axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining musiqa o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasi rivojidagi ahamiyati, uning imkoniyatlarini musiqiy nazariy va amaliy fanlar kesimida aniqlash, hamda tahlil qilish xususida so‘z yuritilgan. AKT pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirish, musiqiy mahoratni takomillashtirish va texnologik bilimlarni oshirishda muhim omil sifatida taqdim etilgan. Masofaviy ta’lim, interaktiv platformalar va raqamli vositalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratishi, shuningdek, musiqa o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim talablariga moslashishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosiy rol egallaganligi yoritib berilgan.