Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini zabt etish uchun olib borgan harbiy harakatlari davrida Turkiston xonliklarida istiqomat qilayotgan afg‘on fuqarolarining mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki yoritib berilgan.Tadqiqot jarayonida imperiya davrining manbalari, Milliy Arxiv hujjatlari va zamonaviy tarixshunoslik asarlaridan hamda zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanilganligi tadqiqotning ishonchlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan.