Yaqin kunlargacha Qo‘shrabot tumani tarixi aks etgan ilmiy adabiyotlarda bu tuman hududida tosh davrida qadimgi jamoalar yashaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramas edi. 2018-yilda Samarqand davlat universiteti va Germaniyaning Arxeologiya instituti Yevroosiyo bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekspedisiya a’zolari Qo‘shrabod tumanining Minishkаr qishlog‘idagi Rustamkamar, Moybuloq g‘orlarida, Fozilmon tog‘ tizmasining kichik vodiysida joylashgan Qoylonbuloqda ilk bor so‘nggi paleolit va neolit davriga oid tosh qurollarini aniqlashdi. Maqola so‘nggi yillarda Nurota tog‘ tizmasining shimoliy qismi janubiy etaklarida joylashgan, Qo‘shrabot tumaniga qarashli Pangat va Mirishkor qishloqlari hududlaridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalarning texnik-tipologik tadqiqiga bag‘ishlangan.