Аnnotatsiya. Maqolada musiqiy taʼlim tizimida aksiologik yondashuv - muhim muammo sifatida o‘rganilgan. Musiqiy taʼlim tizimida aksiologik yondashuv o‘ziga xos muammo bo‘lib, uni amalga oshirish va leksik tarjimasi hamda musiqiy taʼlim tizimiga tadbiq qilishning falsafiy, pedagogik va psixologik asoslarini tahlil etish bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida o‘rganib chiqilgan. Har bir millat o‘z qadriyatlarini yillar, asrlar davomida yangi-yangi qirralar bilan boyitib boradi. Millat bor ekan, milliy qadriyatlar shakllanib, rivojlanib boradi va umuminsoniy qadriyatlar yoritib berilgan.