Ma'lumot

MUSIQA TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIKNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

I.Qudratov, G.S.Mustabova


Maqolada umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darsini fanlar aloqadorligi imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etishning ta’lim mazmuni, sifat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, bundan tashqari fanni jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi haqida yoritilgan. Fanlar integratsiyasi ta’lim-tarbiya mazmunini boyitish, uning samaradorligini ta’minlashning didaktik sharti sifatida ham pedagogika fanlari tizimiga, shu jumladan musiqa ta’limida sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanishiga xizmat qilishi. Integratsiyalashgan darsdan kutilgan maqsad faqat ma’lum bilimlarni egallashga emas, balki fikrlashni rivojlantirishga qaratiladi. Musiqa ta’limini o‘qitish jarayonida fanlar integratsiyasi o‘quv-tajriba jarayonining barcha tarkibiy qismlari – faoliyat, mavzu, shakli, usul, vositalarini yaxlit bir maqsadga birlashtirilishi haqida yoritilgan.



None

246 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish