Ishda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududida uchraydigan tabiiy
xomashyo – bentonitdan “zol-gel” texnologiyasi yordamida Al2O3 asosidagi sorbentlarning namunalari olindi. Uning strukturasi rentgen difraksiyasi usulida o‘rnatildi, geometrik va xromatografik parametrlari aniqlandi hamda uning sorbent va inert tutuvchi sifatida ishlatilish imkoniyatlari asoslandi.