Ushbu maqolada Samarqand viloyati sharoitida yetishtirilgan tritikale navlarining biometrik ko‘rsatkichlari va mahsuldorligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar tritikalening 4 ta: Do‘stlik, GulDU, Sardor va Prag navlarida o‘tkazildi. O‘rganilgan tritikale navlari orasida bitta boshoq ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natija GulDU va Sardor navida, 1000 dona don massasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Sardor navida kuzatildi.