Ma'lumot

QURGʻOQCHILIKGA CHIDAMLI KUZGI YUMSHOQ BUGʻDOY NAVLARINI TANLASH VA ULARNING GENETIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH

Xamrayev N.U., F.N.Kushanov


Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doyning 18 ta nav namunalari o‘rtasidagi o‘zaro genetik polimorfizmni aniqlash maqsadida bug‘doy uchun spesifik hisoblangan mikrosatellit (SSR - simple sequence repeats) markerlar to‘plamining 26 juft praymerlardan foydalanilgan holda olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Qurg‘oqchilikga chidamlilikni boshqaradigan 26 ta SSR markerlaridan foydalanib navlar baholandi. Tadqiqot natijasida GWM_294, WMS_144, WMS_148, WMS_193, WMS_261, WMS_297 va XWM_C009 markerlarida Yonbosh, Do‘stlik, Polovchanka, Tobor, Bezostaya-1 va Krasnodarskaya-99 navlarda polimorfizm mavjudligi kuzatilgan. 26 juft SSR markerlar to‘plamidan 9 tasi polimorf natijalani bergan bo‘lsa, Qolgan 17 ta SSR markerlar monomorf natija qayd etgan. Polimorf deb topilgan navlar qurg‘oqchilikga chidamli yangi kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratish maqsadida seleksiya ishlariga donor sifatida jalb qilingan.



None

28 Ko'rishlar | 15 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish