Ma'lumot

QO‘NG‘IR TOLALI G‘O‘ZA NAVLARI VA NAMUNALARINING TURLI SUV REJIMI SHAROITLARIDAGI FIZIOLOGIK BELGILAR TAHLILI

AdxamovaY.D., H.X.Matniyazova


Mualliflar  tomonidan qoʻngʻir tolali goʻza nav namunalarining turli suv rejimi sharoitlaridagi fiziologik belgilari oʻrganilgan. Optimal va suv tanqisligi fonlarida rangli tolali g‘o‘za namunalarida gullash-hosil to‘plash davrida xloroplast pigmentlaridan xlorofill “a”, xlorofill “b” va karotinoid miqdori o‘rganildi. O’simliklarda xloroplastning asosiy komponentlaridan bo‘lgan karotinoidlar stress sharoitda o‘simliklarni foto-oksidlanishdan himoya qiladi. Suv tanqisligi- modellashtirilgan qurg`oqchilik sharoitida o’rganilgan rangli tolali g’o’za namunalari orasidan A-1025 va A-800-1 namunalarida plastid pigmentlari xlorofill “a”, xlorofill “b” va karotinoidlari miqdori boshqa namunalardagi xlorofill “a”, xlorofill “b” va karotinoidlari miqdorga nisbatan yuqori bo’lib, qurgo`chilikka chidamli ekanliklarini namoyon qildi.   Moslashuvchanlik koeffisiyenti aniqlanganda 04494 (qo’ng’ir) namunasi har uchta plastid pigmentlari miqdori bo’yicha ham eng yaxshi ko’rsatkichga ega bo’ldi (mos ravishda xlorofill “a”-4,3%, xlorofill “b”-14,1% va karotinoidlar – 4,9%). O‘simliklar barglaridagi xlorofill miqdori murakkab belgilardan biri bo‘lib, bu belgining yuzaga chiqishi turli genotipik va agroekologik omillarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.



None

75 Ko'rishlar | 41 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish