Ma'lumot

ACHILLEA L. TURKUM TURLARINING SAMARQAND VILOYATI URGUT GEOBOTANIK HUDUDIDA TARQALISHI

Istamkulova M.M., I.U.Mukumov, Х.O.Keldiyarov, D.G‘.Hayitov


Samarqand viloyatining Urgut geobotanik hududida Achillea L. turkumiga mansub o‘simlik turlarining (Achillea millefolium L., Achillea filipendulina Lam., Achillea arabica Kotschy, Achillea santolinoides Lag) o‘sishi, rivojlanishi, tarqalishi, ekologik xususiyatlari, fitosenotik holati hamda ularning mahalliy floradagi o‘rni tahlil qilindi. Tadqiqot davomida hududning to‘rtta assotsiasiyalari, turli landshaftlar, shu jumladan tog‘li va qiyali joylarida bu turlarning ekologik moslashuvchanligi, turli fitotsenozlardagi ishtiroki o‘rganildi va olingan natijalar jadvallar asosida tahlil qilindi. Shu bilan birga, bu o‘simliklardan ajratib olingan efir moylaring kimyoviy tarkibi o‘rganilib har bir turning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qiluvchi biologik faol moddalari aniqlandi. Jumladan, Achillea millefolium va Achillea arabica turlarida Ascaridol, Terpinolene va m-Cymene, Achillea santolinoides turidа esa Nerolidol va Linalool yuqori darajada topilgan. Neomenthoglycol, (+)-trans-Chrysanthenyl acetate, (+)-Borneol esa Achillea filipendulina Lam. turining o‘ziga xos asosiy moddalari hisoblanadi.



None

27 Ko'rishlar | 11 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish