Ma'lumot

OLTIN TUSLI QARI QIZ (АRCTIUM AUREUM KUNTZE) NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Islamov B.S., Barakayeva F.A.


O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritgach, juda ko’p sohalarda bo’lgani kabi, yaylovlarni o’tloqzorlarga aylantirish masalasida ham olimlar oldida katta vazifalarni qo’ydi. Ayni paytda yem-xashak ekinlari hosildorligini oshirish, tabiiy yem-xashakli yerlarning unumdorligini ko’tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonda chorvachilikning salmoqli qismi qurgʻoqchil zonada (choʻl, chala choʻl, togʻ oldi yarim choʻl, adir ) da toʻplangan boʻlib, u yerda chorva mollari deyarli yil davomida tabiiy oziqlanish joylarida boqiladi. Ushbu maqolada aynan yaylovlarda mezokserofit o’simlik sifatida vegetatsiya qila oladigan hamda o’tloqzorlar yaratib, biotsenozlar tarkibini boyitishga yordam beradigan o’simlik Oltin tusli qariqiz (Arctium aureum Kuntze) ning urug’ biologiyasini o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar berilgan.



None

52 Ko'rishlar | 30 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish