Ma'lumot

QULUPNAY (FRAGARIA) MEVA SIFATIGA TA’SIR QILUVCHI GENETIK VA BIOKIMYOVIY MEXANIZMLAR

Axmedova N.S., Sh.A.Hasanova, M.Sh.Xursandova, K.A.Shamsiddinova, S.O.Karimova, D.Q.Ernazarova, F.N.Kushanov


Faragaria×ananassa – madaniy qulupnay yuqori getrozigotali, qishloq xoʻjaligi va mahalliy iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan qimmatli rezavor mevali ekin hisoblanadi. Bugungi kunda qulupnay oʻzining iste’molchilar izlagan ma’za va ta’midan tashqari shirin va xushboʻy hidi, yorqin qizil rangi, sogʻliqni mustahkamlovchi kimyoviy tarkibi, antioksidantlik kabi noyob xususiyatlari tufayli butun dunyoda, shuningdek Oʻzbekistonda ham yetakchi o’rinda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga koʻra, 2021-yil davomida butun dunyo boʻylab qariyb 390 ming ga maydonda toʻqqiz million tonnadan ortiq qulupnay yetishtirilgan.

Kelib chiqishi bo’yicha madaniy qulupnay Fragaria chiloensis va F.virginiana (yovvoyi diploid turlari) oʻrtasidagi duragaylashdan hosil bo’lgan. U allo-oktoploid tur (2n = 8× = 56) hisoblanib, genom uzunligi taxminan 780 Mb. Allo-oktoploid genomining murakkab tuzilishi va yuqori genom getrozigotаligi tufayli qulupnayning qimmatli xususiyatlarni aniqlash hamda genlar vazifalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar odatda Fragaria vesca diploid turida amalga oshiriladi. Ushbu tur genomining hajmi taxminan 240 Mb boʻlib, qisqa vegetatsiya davriga ega, transformatsiyaga nisbatan sezgir va urugʻlarini koʻpaytirish oson. Fragaria vesca qoʻshimcha ravishda Faragaria×ananassa turining transkripsiyaviy dominant diploid subgenomining eng yaqin qarindoshi boʻlib, ilmiy tadqiqotlar uchun model o’simlik sifatida ahamiyatli.



None

107 Ko'rishlar | 42 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish