Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda aholining ishbilarmonlik tafakkurini rivojlantirish va tadbirkorlik qobiliyatini oshirish mexanizmlari hamda yangi ma’naviy makonni yaratishda aholining ishbilarmonlik tafakkuri va tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishning axloqiy-ma’naviy prinsiplarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy jihatlari ko‘rsatilgan. Shu bilan birga yangi ma’rifatli jamiyatni barpo etishda shakllanayotgan ishbilarmon tadbirkorlar mas’uliyatini oshirishning nazariy va amaliy masalalari yoritilib o‘tilgan.