Ushbu tadqiqot ekstremistik guruhlarning ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarni qanday qilib nishonga olish jarayonlarini tahlil qilishga qaratilgan. So‘nggi yillarda internet ekstremistlar uchun yollash va radikallashuv vositasiga aylanib, ularning ayollar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishga bo‘lgan urinishlari ortib bormoqda. Tadqiqot davomida yetakchi ijtimoiy media platformalarida ayollarni yollash va ularning ongini o‘zgartirishga qaratilgan postlar va kontentlar tahlil qilindi.