Ushbu maqolada O‘zbekistondagi oila qadriyatlarining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Milliy an’analar, avlodlar davomiyligi, farzand tarbiyasi va jamiyatda oilaning o‘rni kabi masalalar muhokama qilingan. Oilaning tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i sifatidagi ahamiyati, milliy va diniy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazishdagi roli hamda mehmondo‘stlik va qo‘shnichilik kabi o‘zbek oilasiga xos fazilatlar tahlil qilingan. Zamonaviy hayot talablari bilan milliy an’analar uyg‘unligining oilaviy munosabatlarga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.