Ma'lumot

CO2 KONVERSIYASI UCHUN ANODLASH USULIDA La QOʻSHILGAN TiO2 ASOSIDAGI NANOTUZILISHLI MATERIALLAR SINTEZI

Sherzodbek Mirzaev, Abdullo Nasimov


Lantan (La) qoʻshilgan TiO2 nanotrubkalari, titan (Ti) yuzasida elektrokimyoviy anodlash usuli yordamida hosil qilindi. La prekursori sifatida lantan nitrat (La(NO3)3*6H2O) eritmasi ishlatildi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, La kiritilgan TiO2 nanotrubkalari elektrodining fotokonversiya samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu ishda, TiO2 nanotrubkalarini sintez qilish uchun taklif etilgan usullar, sintez jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi. Olingan nanotuzilishli materiallarning xarakteristikalari skanerlovchi elektron mikroskop (SEM), raman spektroskopiyasi va rentgen fluoresent spektrometri (XRF) bilan o‘rganildi.



None

48 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish