Ushbu maqolada xalqaro matematika olimpiada tengsizliklarini geometriya tushunchalariga asoslangan holda isbotlash usuli keltirilgan. Bunda Yensen tengsizligini biror kesmada qanoatlantiradigan funksiyalarga o‘tkazilgan urinma yordamida tengsizliklar isbotlanadi. Dastlab fundamental tushunchalar keltirilgan bo‘lib, so‘ngra keltirilgan ma’lumotlar misollar yordamida asoslangan va chizmalar bilan ko‘rsatilgan.