Ushbu ishda teskari spektral masalalar usuli nochiziqli qo‘shimcha hadli modifitsrlangan Korteveg-de Friz–Liuvill(mKdF–L) tenglamasini davriy cheksiz zonali funksiyalar sinfida integrallash uchun qo‘llanildi. Olti marta uzluksiz differensiallanuvchi davriy cheksiz zonali funksiyalar sinfidagi cheksiz Dubrovin differensial tenglamalar sistemasiga qo‘yilgan Koshi masalasining yechimga ega ekanligi isbotlangan. Dubrovin differensial tenglamalar sistemasi va birinchi iz formulasi yordamida topilgan tekis yaqinlashuvchi funksional qator yig‘indisi qo‘shimcha hadli mKdV-L tenglamasini qanoatlantirishi ko‘rsatilgan.