Ushbu tadqiqot ishida glutar kislota vinil efirini sintez qilish uchun vinil atsetat bilan vinil almashinish reaksiyalari amalga oshirildi. Glutar kislotasini faollashtiruvchi reagent — 2-xlor 4,6-dimetoksi 1,3,5-triazin bilan oraliq faol triazin efirini va kaliy uchlamchi butilat yordamida vinil guruhini oson uzatuvchi oraliq mahsulot hosil qilish orqali glutar kislota divinil efiri yuqori unumlarda sintez qilindi. Tadqiqot natijalari asosida erituvchi, harorat, vaqt, dastlabki moddalarning mol nisbatlari tahlil qilindi. Tahlillar asosida jarayonning optimal sharoiti aniqlandi.