Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirish, ixtisoslashtirish, aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash borasida geografik jihatidan tadqiqotlar olib borgan olimlarning ishlari tahlil qilib o‘rganilgan. Shu bilan birgalikda qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan chorvachilikning qoramollar, qo‘y-echkilar, qorako‘l qo‘ylari, tuyalar va yilqilar sonini statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik modellardan foydalanib, 2030-yilgacha prognozi ishlab chiqilgan. Chorva turlarini joylashuvi va ixtisoslashuvini o‘rganishlar natijasida Navoiy viloyatining karta-seximasi ishlab chiqilgan. Tahlil va natijalar asosida kelgusida aholini go‘sht-sut, teri, jun mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.