Inson hayotida axloqiy me’yorlar muhim ahamiyatga ega. Garchand, axloqiy
me’yorlar sodda, umumlashmagan, tor qamrovli bo`lsada, ularni kundalik hayotimizda ma’lum
axloqshunoslik tushunchalarini va axloqiy tamoyillarning amalga oshish mexanizmlari ham deyish
mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro`yobga chiqadi.
Axloqiy me’yorlar va ularning xususiyatlari, ilmiy asoslangan mezonlari falsafiy adabiyotlarda kam
uchraydi. Amir Temur “Temur tuzuklari”kitobida halollik, insoflilik, fidoiylik, sadoqat kabi axloqiy
me’yorlarning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan.