Annotatsiya. Hozirgi vaqtda global energiya muammosini hal qilishda muqobil energiya manbalari sifatida suvdan vodorod gazini olishda arzon va kvant unumi yuqori bo‘lgan barqaror fotokatalizatorlar sintezini ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu ishda asosiy maqsad barqaror va kvant unumi yuqori bo‘lgan fotokatalizatorni turli xil anion guruhi saqlagan stabilizatorlar bilan modifikatsiyalangan CdS va CdS/ZnS gibrid kvant nuqtalarning sinteziga qaratilgan. Stabilizatorlarning konsentratsiyasi kvant nuqtalarning o‘lchamini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Stabilizatorning konsentratsiyasini o‘zgartirib turli xil o‘lchamdagi CdS va CdS/ZnS kvant nuqtalar sintez qilindi. Gidrofil stabilizatorlar bilan barqarorlashtirilgan CdS kvant nuqtalar haroratni, pH muhitini va moddalar konsentratsiyasini turli xil qiymat va molyar nisbatlarda sintez qilindi va absorbsiya, fotolyuminessensiya va optik xossalari o‘rganildi. Olingan katalizatorlarning fotokatalitik xossalarini metilen ko’ki, metil zarg‘aldog‘i, rodamin B indikatorlarining parchalanish reaksiyalari asosida tahlil qilindi. Sintez qilib olingan namunalarning yutilish spektrlari Shimadzu UV-2600i spektrometrida, lyuminessensiya spektrlari Shimadzu RF-6000 spektrofluorimetrida, Shimadzu EDX-800P hamda Shimadzu XRD 6000 da tekshirish natijalari olindi.