Magnitli suyuqlik bu magnitli zarrachalarining o‘lchami 5-50 nm oralig‘ida bo‘lgan kolloid dispers sistemadir. Kimyoviy kondensatsiya usulidan foydalanib magnetit FeFe2O4 sintez qilindi, hosil bo‘lgan magnetit turli miqdorlarda sirt faol modda va asos suyuqlik bilan yaxshilab aralashtirilib magnit suyuqlik hosil qilindi. Hosil bo‘lgan magnit suyuqlikning 0,5%, 1,0%, 1,5%, 2,0% va 2,5% konsentratsiyalari 200C – 600C haroratlar oralig‘ida elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchandi.