Ma'lumot

SHАFTOLINING (PERSICA VULGARIS) QIMMATLI XOʼJАLIK BELGILАRINI YAXSHILASH

Abdumuminova R.N., Maxmudov K.X.


Dunyo miqyosida hozirgi kunda mevachilikning asosiy tarmoqlaridan shaftoli (Persica vulgaris) bogʼlarini barpo etish va ulardan yuqori hosil olish bilan birgalikda meva sifati inson salomatligiga ta’siri organik mahsulot yetishtirishga  erishish dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlari ilmiy-tadqiqot markazlarining olimlari tomonidan shaftolining (Persica vulgaris) hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilash ustida koʼplab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shaftoli mo’l-ko’l hosili salomatlik uchun hamda daromad uchun juda foydali bo’lganligi sababli biz ushbu mevaning morfo-biologik hamda qimmatli xo’jalik belgilarini tadqiq qilishga harakat qildik. Qadimgi tabiblar ayollar kasalliklari, mastopatiya, mioma, endometrioz kabi xastaliklarini davolashda shaftolining gullari va barglaridan foydalangan. Yetilib pishgan shaftoli tarkibida 15 foizgacha shakar, olma, uzum, limon, askorbin (S vitamini) kislotalari, efir moyi, kaliy, kaltsiy, temir kabi mineral moddalar, В guruhiga mansub vitaminlar, А vitamini, pektin moddalari mavjud. Аyniqsa, uning sariq tuslisi oʼzida juda koʼp miqdorda karotin moddasini saqlaydi. Biz tajribalarimizda uning shifobaxshlik xususiyatlariga ta’sir etuvchi agrofaktorlarni tadqiq etdik va olingan natijalarga ko’ra sideratlarning bir, ikki, uch komponentli variantlari hamda nazorat (sideratsiz) variantlari shaftolining biokimyoviy tarkibi: quruq modda, umumiy qand, kislota miqdoriga ta’sir etishini tadqiq etdik. Tajribada shaftoliga sideratlarni qo’llash Davlat nav sinash komissiyasining «Методика госсортоиспытания сельскохозяйственных культур» (1983) kabi uslublar boʼyicha, biokimyoviy tahlillar esa А.I.Ermakovaning umumiy tahriri ostida nashr etilgan «Методы биохимического исследования растений» (1983) uslubiy qoʼllanmasida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq aniqlandi. Tajribada  shaftoli bog’ orasiga siderat sifatida uch komponentli arpa+raps+koʼk noʼxat ekilgan variantda esa meva tarkibidagi quruq modda 14,3 % ni tashkil qildi. Umumiy qand miqdori nazorat variantida esa 10,66 % ekanligi aniqlandi. Organik kislotalarning miqdori ushbu variantda 0,83 % ni tashkil etdi. Xulosa qilish mumkinki, siderat turlarining ortishi tuproq tarkibini unumdorligini oshirishi evaziga shaftolining ham kislotaliligini, umumiy qand miqdori hamda quruq moddalarni ortishiga olib keldi.



None

148 Ko'rishlar | 57 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish