Dunyo miqyosida shahar hududlarini yuqori darajada ifloslanishiga sababchi antropogen omil hisoblanadi. Bu asosan tuproqning ogʼir metallar bilan zararlanishiga olib keladi. Tuproqqa ogʼir metallarning kirib kelishi transport vositalari, sanoat-korxonalari, issiqlik elektr stantsiyalari, xarbiy poligonlarga toʼgʼri keladi. Tuproqlarning toksik moddalar bilan ifloslanishining xavfli tomoni shundaki, tuproqqa tushgan zaharli moddalar uzoq yillar davomida saqlanib tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy, biologik, mikrobiologik xossalari, oziqa elementlari kabi jarayonlariga turlicha taʼsir qiladi va pirovardida oziqa zanjiri orqali inson organizmimizga kelib tushishi oqibatida turli kasalliklar kelib chiqadi. Shularni hisobga olib biz tadqiqotlarimizda xususiy mashinasozlik korxonalarini chiqindilarini ekologo-gigienik jihatdan tadqiqotlar oʼtkazdik. Tadqiqotda biz tuproq namunalarini konvert usuli bilan amalga oshiridik. Tuproqning rN muxitini rN- potensiometrik usulda, organik moddalar va ammoniy azot tarkibi spektrofotometrik usulda, mis miqdorini aniqlash uchun qoʼrgʼoshin dietilditiokarbat bilan misni ekstraktsiya-fotometrik aniqlash usulida amalga oshirildi. Tadqiqotlarda chiqindi maydonlari tuprogʼi tarkibida qoʼrgʼoshin, qalay, mis, temir oksidlari, politetilen, neft mahsulotlari mavjud ekanligi aniqlandi. Shuningdek ifloslangan maydonlarda tuproqni ekologo-gigienik jihatlarini yaxshilash uchun birqancha texnologik choralar ishlab chiqildi.