Ma'lumot

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA MAYMUNJONNING VEGETATSIYA DAVOMIYLIGI VA NOVDALARNING O‘SISH DINAMIKASI

Jumakulova N.Sh., F.Dj.Kabulova, A.N.Xujanov, M.P.Elomonova


Maqolada 2022-2023 yillarda Samarqand viloyati sharoitida Rubus caesius L. (maymunjon)ning Djambo, Thornfree, Karaka Black, Brazos, navlarida novdalarning o‘sish dinamikasi o‘rganilgan. Vegetatsiyasining boshlanishi va vegetative kurtaklarning paydo bo‘lish muddatlari aniqlangan. Novdalarning o‘sishi ular 40-50 sm. ga yetganidan keyin o‘lchangan va har dekadada o‘lchash takrorlangan. Novdalarning o‘sishi o‘rta sutkalik temperatura va yog‘in miqdori bilan solishtirilgan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitida o‘rganilgan maymunjon navlarining morfologik xususiyatlari, o‘sish intensivligi, vegetatsiya davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarimizda maymunjonning tik o‘suvchi (Brazos), yarim yotib o‘suvchi (Djambo, Thornfree), sudralib o‘suvchi (Karaka Black) navlarini solishtirganimizda eng faol o‘sish sudralib o‘suvchi (Karaka Black) navda nisbatan sekin o‘sish tik o‘suvchi (Brazos) navida kuzatildi.Tadqiqotlar davomida yog‘ingarchilik miqdorining o‘simlik novdalari o‘sishiga bo‘lgan ta’siri past darajada ekanligi aniqlandi. Samarqand viloyati sharoitida ushbu navlarning vegetatsiya davomiyligi 200-230 kunni tashkil etadi



None

17 Ko'rishlar | 19 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish