Keyingi yillarda insonlar uchun ahamiyati yuqori boʻlgan oʻsimliklar, jumladan, dorivor oʻsimliklarning tabiiy zahiralarini saqlagan holda foydalanishda ularni mikroklonal koʻpaytirish orqali qoʻllashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadqiqotda Artemisia absinthium L.ni mikroklonal koʻpaytirishga qaratilgan tajribalar natijalari bayon qilingan. Tadqiqotda Artemisia absinthium L.ni in vitro usulida koʻpaytirish bosqichlari (o‘simlik urug‘idan boshlang‘ich meristema material olish; multiplikatsiya; ildizlatish; iqlimlashtirish)ning optimal sharoitlari tanlangan. Olingan ma’lumotlar Artemisia absinthium L.dan oqilona foydalanish usullarini takomillashtirishga xizmat qiladi.