Ma'lumot

XORAZM VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA KANAKUNJUT (RICINUS COMMUNIS L.) NAVLARINING URUG‘ SIFATI

Abduraximov U.K., Raximbayeva D.A.


O‘zbekiston Respublikasi hududining florasi xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan qimmatli o‘simlik turlariga boy. Bu o‘simliklarning ichida farmatsevtika amaliyotida va tibbiyot sohasida muhim o‘rin tutadigan kanakunjut (Ricinus communis L.) navlarining introduksiyasi, morfofiziologik xususiyatlari va urug‘larining biokimyoviy tarkibi Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yaqin vaqtgacha umuman yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot ob’ekti sifatida kanakunjut (Ricinus communis L.) o‘simligining Zanzibarskaya va Gibsona navlari olindi. Tajribalar Xorazm Ma’mun akademiyasining “Dorivor o‘simliklar urug‘chiligi” laboratoriyasida amalga oshirildi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkinki, unuvchanligi va o‘sish energiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha uchta takroriylik natijalariga ko‘ra kanakunjutning Gipsona navi nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari kanakunjut o‘simligining fiziologik va biologik xususiyatlari va navdorlik farqlari asosida ushbu ekinni Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish va keng maydonlarga ekish mumkinligi isbotlandi.



None

18 Ko'rishlar | 14 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish