Maqola oliy ta’lim muassaslari talabalarida ekologik kompetentlikni rivojlantirishga bag`ishlangan bolib, muammoning samarali yechimiga qaratilgan qator tendentsiya va ekopadegogik tadqiqotlarning tahlillari qayd etilgan. Ta`limdagi islohotlar va boʼlajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda taʼlim bilan birga tarbiyaga oid jarayonlarni tashkillashtirish, xalqaro tajribalarga tayanib talabalarda ekopedagogik savodxonlikni amalga oshirish dolzarb muammolardan ekanligi takidlab o‘tilgan.
Shuningdek, talabalar yosh pedagog kadrlar sifatida ekologik kompetentlikni rivojlantirishi va amaliy faoliyatda zamonaviy talablarga, xalqaro tajribalarga asoslanib ekopedagogik yondashuvni amalga oshirishi kabi fikr-mulohazalar yoritilgan. Qiyosiy nuqtai nazardan bo'lajak o'qituvchilarning ekologik kompetentligini izchil, tizimli rivojlantirish, ekologik kompetentlik mazmunini tarkib toptirish, ta’minlash va rivojlantirishga tizimli yondashuvlar tavsiflangan.