Mazkur maqolada bo‘lajak farmasevtlarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish metodikasini simulyasion yondashuvlar asosida takomillashtirishning ahamiyati va usullari tahlil qilinadi. Farmasevtik ta'lim jarayonida innovasion texnologiyalarning qo‘llanilishi, talaba-farmasevtlarning kasbiy malakasini oshirishda simulyasion yondashuvlarning o‘rni va imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishda simulyasion treninglarning samaradorligi va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari, farmasevtik ta'lim sohasida samarali ta'lim metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan takliflar taqdim etiladi.