Mazkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi hind fuqarolari tarixini yoritgan asarlar xususan ushbu mavzuga oid sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar o’rganildi. Bunda asosan Dmitriev G.D., Rustamov A., Xalfin N.A., Ermatov M.M., Roy R.Ch., Zograf G. va boshqalarning asarlaridan aynan Turkistondagi hindlar tarixiga tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi. Tahlil jarayonida asarlarda keltirilgan ma’lumotlardagi farqlar va noaniqlar boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan solishtirilib, ularga sharhlar berildi.