Ma'lumot

MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH AMALIY MAZMUNLI MASALALARDAN FOYDALANISH

Abdullaev J.I.


Maqolada  matematika o‘qitish jarayonida  o‘quvchilar moliyaviy savodxonligini shakllantirishning ba’zi uslubiy xususiyatlari bayon etiladi. Ularni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika darslarida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi va moliyaviy matematika bo‘yicha masalalar yechish namunalari keltirilgan. Matematika darslarida pedagogik modelni yo‘lga qo‘yish uchun moliya va iqtisodga doir amaliy mazmunli masalalardan foydalanish zarur.  Bunday masalalar uch klasterdan iborat bo‘lishi va modelning maqsadlariga mos keluvchi va ta’lim oludchilarning kelgusi hayotiy  faoliyatida ko‘proq  uchraydigan  vaziyatlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Eng zaruriy  klasterlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: turmushda iqtisod, bank madaniyati va tadbirkorlik asoslari. Har bir klaster masalalarini tiplarga ajratgan holda taqdim etish zarur. Birinchi turdagi masalalarga asosiy tushunchalarni o‘zlashtirishga doir masalalar kiritiladi. Shu orqali ta’lim oluvchilar asosiy atmalar esda saqlab mustahkamlashlarig imkon beradi.



None

13 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish