Maqolada elektron ta’lim resurslari oʻquvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati va ulardan foydalanish usullari koʻrsatilgan. Aslida, ta’lim muassasalaridagi oʻqituvchilar elektron ta’lim resurslarini innovatsion usul va vositalar bilan birlashtirib, ta’lim jarayonini tashkil etishni maqsad qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida multimedia va internet texnologiyalaridan foydalanish oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirishda, bilimlarni oson va tez qabul qilish imkonini berishda hamda didaktik samaradorlikni ta’minlashidagi rolini koʻrsatadi.