Maqolada O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bilan iqtisodiy hamkorligining rivojlanishi, bunda iqtisodiy diplomatiyaning o‘rni va ahamiyati, mamlakatimiz tomonidan tashkilot doirasida savdo, iqtisodiyot va tarmoqlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha surilayotgan tashabbuslar yoritilgan. Oxirgi yillarda O‘zbekiston ShHT davlatlari ichida iqtisodiy diplomatiya masalalariga eng katta ahamiyat qaratayotgan a`zo mamlakat ekanligi ta`kidlangan.