Maqola har qanday mamlakatning iqtisodiyotini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan muhandis kadrlar tayyorlashda oliy texnik ta’lim muassasalarida o‘quv tizimini transformatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan. Kredit-model tizimining joriy etilishi, o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida modernizatsiyalash, o‘quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va yangi avlod muhandis pedagoglar armiyasini tarbiyalashning iqtisodiy va ilmiy-pedagogik asoslari bo‘yicha turlicha qarashlar tahlil etilgan.