Badiiy matn tarkibida o‘rganilishi eng muhim bo‘lgan birliklardan biri – nutqiy muloqotda so‘z ko‘chma ma’nosi tadqiqidir. Matnning lingvopragmatik tahlili til belgilarining badiiy nutqdagi funksional qo‘llanishidan iborat bo‘lib, uning mazmuni esa muallif nutqi, asar qahramonlari, personajlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv jarayoniga xos ifodalash va anglash mezonlari asosida namoyon bo‘lishidadir. Lingvopragmatik tahlilda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotning voqelik motivi muhim. Voqelikdan xabardorlik darajasi nutq(suhbat)dan ko‘zlangan maqsad, niyatning samarali bo‘lishida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, muloqotda tanlangan strategiya va taktikalar tinglovchi(eshituvchi)ga ruhiy ta’sir etishi fikr ifodasining eksplitsit (ochiq, oshkora) yoki implitsit (yashirin) usullaridan foydalanishga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu esa til birliklarining badiiy matndagi pragmatik imkoniyatlarini o‘rganish asnosida sohaning asosiy tamoyillarini belgilab olishni taqozo qiladi. Mazkur maqolada ana shular xususida so‘z boradiBadiiy matn tarkibida o‘rganilishi eng muhim bo‘lgan birliklardan biri – nutqiy muloqotda so‘z ko‘chma ma’nosi tadqiqidir. Matnning lingvopragmatik tahlili til belgilarining badiiy nutqdagi funksional qo‘llanishidan iborat bo‘lib, uning mazmuni esa muallif nutqi, asar qahramonlari, personajlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv jarayoniga xos ifodalash va anglash mezonlari asosida namoyon bo‘lishidadir. Lingvopragmatik tahlilda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotning voqelik motivi muhim. Voqelikdan xabardorlik darajasi nutq(suhbat)dan ko‘zlangan maqsad, niyatning samarali bo‘lishida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, muloqotda tanlangan strategiya va taktikalar tinglovchi(eshituvchi)ga ruhiy ta’sir etishi fikr ifodasining eksplitsit (ochiq, oshkora) yoki implitsit (yashirin) usullaridan foydalanishga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu esa til birliklarining badiiy matndagi pragmatik imkoniyatlarini o‘rganish asnosida sohaning asosiy tamoyillarini belgilab olishni taqozo qiladi. Mazkur maqolada ana shular xususida so‘z boradi