Mazkur maqolada O’zbekistonda uzoq umr ko’rishning ijtimoiy-demografik jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Uzoq umr ko’rish, O‘zbekistonda aholining yosh-jins piramidasi, A.G.Sundbergning aholi yosh tarkibining turlari bo‘yicha hududlarning guruhlanishi, O‘zbekiston Respublikasi hududlari aholisining keksayish darajasi bo‘yicha guruhlanishi, Jaklin Bojyo-Garne va E.Rosset mezoni asosida aholining keksayish darajasi bo‘yicha guruhlanishi, O‘zbekiston Respublikasida keksalik salohiyati koeffitsiyentining o‘zgarishi, 90 yosh va undan katta yoshdagi aholi sonining yillar bo‘yicha o‘zgarishi ilmiy tahlil qilindi. Yakuniy qismda xulosa va uzoq umr ko‘rishni uzaytirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.