Ma'lumot

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING MUSTAQIL TA’LIMINI OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Rashidova Oynisa Xusniddin qizi


Hozirgi vaqtda, Oliy ta’lim muassasi talabalarining mustaqil ta’limini zamonaviy shakllarda tashkil qilish va optimal shakllarda baholash mezonlarini ishlab chiqish – ta’limning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shu sababli, ushbu maqolada, ta’lim sohasi rivojlangan, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan andoza olgan holda, O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimlarida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’limini ommaviy ochiq onlayn kurslar (OOOK) asosida tashkil etish haqida so‘z boradi. Shuningdek, OOOK ta’limiy platformalari turlari, boshlang‘ich ta’lim talabalari mustaqil ta’limida foydalanishi mumkin bo‘lgan turlari haqida ma’lumot beriladi.  Bundan tashqari, milliy ta’lim tizimida talabalar mustaqil ta’limini OOOK ta’limiy platformalarida tashkil qilishning yetarlicha imkoniyatlari va asosiy xususiyatlari o‘rganiladi, uni talabalar mustaqil ta’limiga integratsiya qilishning texnalogiyasi ishlab chiqiladi. Shu bilan birgalikda, ular orqali tashkil qilingan mustaqil ta’limlarning talabalar uchun qanday afzalliklar yaratishi sanab o‘tiladi.



None

11 Ko'rishlar | 0 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish