Maqolada arid iqlimli o‘lkalarda suv omborlarining o‘rni, ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati shuningdek, Zarafshon daryosining oqim rejimini tartibga solib turish maqsadida bir qancha suv omborlarining qurilganligi, birgina Oqdaryo suv omborining 2004 yildan boshlab 2024 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida yillar kesimida suvning kirim va chiqimi bo‘yicha ilmiy tahlillar olib borilganligi va buning natijasida atrof-muhitga ta’siri, qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritilgan.