Maqolada Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi qosh, ko‘z va kiprik an’anaviy badiiy obrazlarning ramziy-majoziy, tasavvufiy ma’nolari haqida fikr yuritiladi. Ushbu badiiy poetik timsollarning vazifalari, tashbeh, metafora, metonimiya, husni ta’lil kabi klassik poetik san’at va usullar yaratishdagi o‘rni, badiyat olami alohida tahlil etiladi.