Ushbu maqolada o‘smirlar xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan psixoprofilaktik treningning ahamiyati keng yoritilgan. Bunda asosan, bugungi zamonaviy psixologiya amaliyotida yoshlar psixologiyasi, xulq-atvori va dunyoqarashida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni korreksiya qilishda psixoanaliz, kognitiv terapiya, xulq-atvor (individual) terapiyasi, geshtalt terapiya va boshqa terapevtik usullardan samarali foydalanishning psixologik xususiyatlari yoritilgan.